“Studies in Cognitive Development” jurnalida olib borilgan tadqiqotda 5–12 yoshdagi bolalar orasida,
📚 bitta til biladiganlar va ko‘p til biladigan bolalar miyaning ijodiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyati jihatidan solishtirilgan.
Natijalar shuni koʻrsatadi:
•Ko‘p tilli bolalar muammolarni hal qilishda bitta til biladigan bolalarga nisbatan 30–40% samaraliroq bo‘lgan.
•Ularning ijodiy fikrlash qobiliyati yuqori bo‘lib, turli vaziyatlarda yangi va noodatiy yechimlar ishlab chiqarish qobiliyati kuchli.
•Shuningdek, diqqatni jamlash va fikrlarni tartibga solish borasida ham ustunlik ko‘rsatgan.
📌 Xulosa esa quyidagicha:
Ko‘p til biladigan bolalar miyasi faol bo‘ladi, fikrlash, muammolarni hal qilish va e’tiborini jamlash qobiliyati rivojlanadi, turli vaziyatlarda tezroq yechim topa olishadi.